Yozuvchi Abduqayum Yoʻldosh “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
01:07 / 26.07.2023 902 0

Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.


Loyihaning 19-kuni  yozuvchi Abduqayum Yoʻldosh “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:


1. Migel de SERVANTES,  “Don Kixot” asari
2. Dostayevskiy,  “Aka-uka Karamazovlar” romani
3. Iogann Volfgang Gyote,  "Yosh Verterning iztiroblari» asari
4. Teodor Drayzer, “Jenni Gerxardt” asari
5. Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita” romani
6. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”  romani
7. Gabriel Garsia Markes, “Buzrukning kuzi” asari
8. Frans Kafka, “Jarayon” romani
9. Anton Chexov hikoyalari
10. Abdulla Qahhor,  “Haq soʻzning kuchi” (5 jildlik asarlarning 5-jildi. T., Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1989-y.)

Abduqayum Yoʻldosh 1962-yili Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanida tugʻilgan. Yozuvchining “Qaro koʻzim. Shayx ur-rais”, “Sunbulaning ilk shanbasi”, “Timsohning koʻz yoshlari”, “Parvoz”, “Bir tun va bir umr” kabi kitoblari nashr etilgan.


R. Bredberi, A. Kristi, F. Braun, E. Potter hikoyalarini, Ye. Berezikovning “Buyuk Temur” romanini (H. Shayxov bilan hamkorlikda), P. Shermuxamedovning “Buyuk Xorazmiy” romanlarini oʻzbekchaga tarjima qilgan. “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan (1999).

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19946
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 17587
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//