JSST koronavirus muolajasida qoʻllanilayotgan ikki doridan voz kechishni tavsiya qildi

Saqlash
17:09 / 19.09.2022 776 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti COVID-19ni davolash boʻyicha baʼzi tavsiyalarini yangiladi. Unga koʻra, endi koronavirusga chalingan bemorlarda ikki preparat — Sotrovimab va Kazirivimab/imdevimab dorilarini qoʻllash maqsadga muvofiq emas!

 

Bu xulosa uchun xalqaro ekspertlar tomonidan oʻtkazilgan chuqur laboratoriya tekshiruvlari asos boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, pandemiyaning dastlabki davrida foydalanilgan mazkur farmatsevtik mahsulotlar allaqachon eskirgan va koronavirusning soʻnggi shtammlariga qarshi yetarli samara bermaydi.

 

Tashkilot tavsiyalari birinchilardan boʻlib AQSHda hayotga tatbiq etildi. Natijada har ikki preparat mamlakat farmatsevtika bozoridan chiqarib tashlandi.

 

Shuningdek, JSST virusga qarshi dori vositasi — Remdesivirni xastalikning ogʻir darajalarini boshdan kechirayotgan hamda statsionar sharoitda davolanish xavfi yuqori boʻlgan bemorlarda qoʻllash yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//