Oziq-ovqat allergiyasi koronavirusdan himoya qilishi mumkin

Saqlash
14:09 / 27.09.2022 790 0

Yangi tadqiqot davomida mutaxassislar bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, viruslar va vaksinalar koronavirusga qarshi immun javobi chaqirishi mumkinligini aniqladilar. Bu immunitet tizimini COVID-19 bilan toʻqnashganda agressiv javob berishga oʻrgatadigan oqsillar bilan bogʻliq. Shu maqsadda oziq-ovqat mahsulotlaridagi bir yuz sakson xil protein, ikkita vaksina va oʻn besh bakterial hamda virusli oqsilning inson antitanachalariga taʼsiri tahlil qilindi.

 

Eng kuchli reaksiya enterokokk fekal ichak bakteriyasi mavjudligida, koʻk yoʻtal, difteriya va qoqsholga qarshi vaksinalarda mavjudligida qayd etildi. Bundan tashqari, qovurilgan bodom, keshyu, brokkoli, choʻchqa goʻshti, sut, ananas va soya tarkibidagi oqsillar ham virusga taʼsir qilgani aniqlandi.

 

Ammo bu mahsulotlarni isteʼmol qilishning oʻzi COVIDdan himoyalanish uchun kifoya emas: immunitetni shakllantirishda odamda oziq-ovqatlarga allergiyasi boʻlishi ham talab etiladi. Bundan kelib chiqadiki, laboratoriya sinovlarida samaradorligiga qaramay, ularni mavjud vaksinalar oʻrniga qoʻllash mumkin emas.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//