Iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik olimlarga topshirildi

Saqlash
17:10 / 10.10.2022 920 0

Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi iqtisodiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofotiga Amerikaning uch nafar iqtisodchisi – Ben Bernanke, Duglas Daymond va Filip Dыbvig loyiq topildi.

 

Asosiy nominatsiyalardan farqli ravishda ushbu mukofotni Alfred Nobel xotirasiga atab Shvetsiya milliy banki ta’sis etgan. Mukofot iqtisodiyot sohasidagi yutuqlar uchun beriladi.

 

Joriy yildagi nomzodlar «banklarning iqtisodiyotdagi, ayniqsa, moliyaviy inqirozlar davridagi o‘rni haqidagi tushunchalarni sezilarli darajada yaxshilagani, tadqiqot xulosalariga ko‘ra, nega banklarning muvaffaqiyatsizlikka uchramasligi muhimligini tushuntirib bergani» uchun tanlab olingan.

 

«Zamonaviy tadqiqotlar nima uchun banklar faoliyat yuritishi muxim ekanligi, ularning muvaffaqitsizligi moliyaviy inqirozlarning kuchaytirib yuborishi haqidagi dastlabki fikrlar 1980 yillar boshida Ben Bernanke, Duglas Daymond va Filip Dыbvig tomonidan asos solingan. Ularning tahlili moliya bozorlarini tartibga solish va moliyaviy inqirozlarni bartaraf etishda katta amaliy ahamiyatga ega edi», – deyiladi press-relizda.

 

Naked science nashrining xabar berishicha, 1969 yildan 2021 yilga qadar 89 nafar olim yo‘nalish bo‘yicha laureat bo‘lgan. Ular orasida eng yoshi fransuz iqtisodchisi va Massachusets texnologiya instituti (AQSh) professori Ester Duflo (mukofotni 2019 yilda olish vaqtida u 46 yoshda edi), eng yoshi kattasi esa (asli polshalik) Amerika iqtisodchi va matematik Leonid Gurvich edi. U mukofotni 2007 yilda, 90 yoshida, o‘limidan bir necha oy oldin olgan.

 

Endilikda Nobel-2022 haftasini yopiq deya e’lon qilish mumkin. Laureatlarni taqdirlash marosimi 10 dekabr kuni – Alfred Nobelning vafot etgan sanasida o‘tkaziladi.

 

2020−2021 yillardagidan farqli ravishda, joriy yilda barchasi tantanali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, tadbirga so‘nggi ikki yil ichida mukofotni qo‘lga kiritganlar ham taklif etiladi.

 

Mukofotning sovrin jamg‘armasi o‘n million shved kroni yoki taxminan 900 ming dollarni tashkil qiladi. Shuningdek, sovrindorlar oltin medallar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//