Dekabrdan BAA aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi. Chiptalar narxi 40 dollardan boshlanadi

Saqlash
15:10 / 13.10.2022 1151 0

Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasi xabariga koʻra, 13-dekabrdan boshlab Abu-Dabi — Samarqand reysi yoʻlovchilarni tashishni boshlaydi.

 

Parvozlar haftada ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

 

Uchish jadvali mahalliy vaqt bilan:

 

Abu-Dabidan 6:30 da uchib, Samarqandga 10:45 da qoʻnadi;

 

Samarqanddan 11:20 da uchib, Abu-Dabiga 13:55 da qoʻnadi.

 

Chiptalar narxi 149 dirham (40 dollar yoki MB amaldagi kursi boʻyicha 443 ming soʻm)dan boshlanadi.

 

Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasi boshqaruvchi direktori Maykl Berluisning soʻzlariga koʻra, parvozlar yangi Airbus A321neo samolyotida amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//