Oʻzbek–qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi

Saqlash
12:11 / 04.11.2021 908 0

Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻzbek-qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

 

Qaror bilan 2021-yil 11-martda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston hukumati va Qirgʻiziston hukumati oʻrtasida Oʻzbek–qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

 

Maʼlum qilinishicha, oʻzbek-qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etishdan maqsad ikki davlatning iqtisodiyotini modernizatsiyalash va rivojlantirish hamda hamkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish hisoblanadi.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bitimni amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//