O‘zbekiston, Rossiya va Tojikistonning Afg‘oniston chegarasidagi harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi

Saqlash
12:08 / 10.08.2021 1237 0


Afg‘oniston bilan chegaradan 20 kilometr uzoqlikdagi Tojikistonning Harb-Maydon poligonida O‘zbekiston, Rossiya va Tojikistondan 2500 nafar harbiy xizmatchi ishtirokidagi qo‘shma mashqlar yakunlandi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni, general-polkovnik Aleksandr Lapin ma’lumotlariga asoslanib, "TASS" axborot agentligi ma’lum qildi.

Manba: tass.ru


Lapinning ta’kidlashicha, qo‘shma mashg‘ulotlar Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashuvi, "Tolibon" harakati Markaziy Osiyo mintaqasining chegaradosh mamlakatlariga kirib kelish xavfi fonida o‘tkazilgan bo‘lib, unda birinchi marta Suriyada to‘plangan tajriba asosida razvedka, aviasiya va o‘t o‘chirish majmualari, qo‘nish usullarini qo‘llagan holda turlararo qo‘shinlardan foydalanilgan.

Manba: tass.ru


— So‘nggi bir necha yil ichida Yaqin Sharq hududidan Afg‘onistonga keskinlikning siljishi kuzatildi. Jarayonlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mintaqamizdagi vaziyat bu mamlakatdagi siyosiy vaziyatdagi voqealar rivojiga bog‘liq bo‘ladi, — deydi Tojikiston mudofaa vaziri, general-polkovnik Sherali Mirzo bunday mashqlar uch mamlakat harbiy hamkorligi tarixida birinchi marta o‘tkazilganini ma’lum qilib.

Manba: tass.ru

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//