Toshkentda Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali bo‘lib o‘tmoqda

Saqlash
09:04 / 20.04.2023 1933 0

Xalqaro tasviriy va amaliy san'at festivali Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va qator vazirlik, tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan. Festival 18-22-aprel kunlari Respublikamiz boʻylab oʻtkaziladi.

 

Festivalda dunyo tan olgan rassomlar bilan yosh rang-tasvir ustalarining birgalikdagi koʻrgazmalari, amaliy muloqoti va mahorat darslari, shuningdek, haykaltaroshlik, kashtadoʻzlik, oʻziga xos ishlanmalar, yangilik va oʻzgarishlar taqdimoti boʻlib oʻtadi. Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali ana shunday keng koʻlamli, nufuzli tadbir. 

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda festival ishtirokchilari geografiyasi kengaydi. Tadbirda Koreya Respublikasining Kemyon universiteti qatori Klimovich bolalar tasviriy sanʼat maktabi davlat taʼlim muassasasi (Belarus), Tulun shahrining Bolalar badiiy maktabi (Rossiya), Ufa Davlat instituti (Rossiya), Qaragʻanda universiteti (Qozogʻiston) talaba va oʻqituvchilari amaliy muloqot va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ishtirok etyapti. 

 

 

Tadbir doirasida Markaziy koʻrgazmalar zalida xorijlik rassomlar asarlarining namoyishi, Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat Galereyasida esa festival tarixida ilk bora TURKSOY tashkilotiga aʼzo mamlakatlar (Ozarbayjon, Turkiya, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston) ijodkorlarining «Turk dunyosi rassomlarining uchrashuvi» nomli koʻrgazmasi oʻtkazilyapti, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

 

Sanʼat ixlosmandlari besh kun davomida yurtimiz hamda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan sanʼat ustalarining benazir sanʼat namunalaridan bahra olib, ijodiy muloqot va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniga ega boʻladilar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//