“Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi yangi eksponatlar bilan boyitildi

Saqlash
11:04 / 20.04.2023 2237 0

“Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi bo‘lim va ekspozitsiyalari yangi va nodir eksponatlar hamda ashyolar bilan boyitib borilmoqda. Bu haqda Madaniy meros agentligi ma’lum qildi.

 

Aytilishicha, yaqinda “Allomalar” muzey bo‘limida o‘rnatilgan dunyo ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning mum haykallari ekspozitsiyaga taassurotli ko‘rinish bag‘ishlab, sayyohlar eʼtibor va eʼtirofiga sazovor bo‘lmoqda.
 

 

Tashrif buyuruvchilar Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino haykallarini ko‘rib zavqlanish barobarida bu va boshqa allamolar hayoti hamda faoliyati haqida maʼlumotlar olishlari, hujjatli videolavhalarni ham tomosha qilishlari mumkin.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//