Gavhar Zokirova ijrosida “Sulola” nomli bir aktyor spektakli sahnalashtirildi

Saqlash
11:05 / 04.05.2023 1572 0

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat va turizm vazirligi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy estradamizni yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov ijodiy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ijrosida “Sulola” nomli bir aktyor spektakli sahnalashtirildi.

 

Mazkur sahna asarining premyerasi 8-may kuni soat 17:00 da “Yoshlar ijod saroyi”da o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov, yosh estrada xonandasi Darxon Komilov, "Botir Zokirov" nomidagi estrada simfonik orkestri ishtirok etadi. Tadbirga mehmonlar taklifnoma asosida kiritiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//