Boysunda ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi (foto)

Saqlash
09:05 / 15.05.2023 1674 0

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida arxeologlar ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlarni topdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Shimoliy gʻarbiy universitetning Buyuk ipak yoʻli tadqiqot markazi (Xitoy) professori Liang Yung boshchiligidagi ekspeditsiya aʼzolari hamda Samarqand arxeologiya instituti va Fargʻona davlat universiteti talabalari ishtirokidagi jamoa arxeologiya ishlarini olib borgan.

 

Jamoa tomonidan Boysunning “Rabot” arxeologik yodgorligi hududidan ikki ming yillik tarixga ega “yuyeji” davriga mansub erkak va ayol suyak qoldiqlari, turli sopol buyumlar, metall va tosh taqinchoqlar, temir pichoqlar topilgan. Hozirda tadqiqot ishlari davom etmoqda.

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//