Eron rasman ShHTga a’zo bo‘ldi

Saqlash
21:07 / 04.07.2023 1642 0

Bugun, 4 iyul kuni Shanxay hamkorlik hashkiloti (SHHT) Eron rasman tashkilotga a’zo bo‘lganini e’lon qildi. Bu haqda Hindiston raisligidagi tashkilotning 23-sammitida qaror qabul qilindi. Virtual uchrashuv SHHT Kotibiyati tomonidan translyatsiya qilindi.

 

Alohida qayd etilishicha, Eron davlatlararo birlashmaning to‘qqizinchi a’zosiga aylangan. Shu munosabat bilan Pekindagi tashkilot kotibiyatida Eron bayrog‘ini ko‘tarishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tgan.

 

Ma'lumot uchun, ShHT 2001-yil 15-iyunda Shanxayda tashkil topgan. Dastlab tashkilot tarkibiga oltita davlat – Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekiston kirgan bo'lsa, 2017-yilda Hindiston va Pokiston qo‘shildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//