Ilon Mask nega Twitter logotipini oʻzgartirganini aytdi

Saqlash
21:07 / 26.07.2023 1449 0

Ilon Mask soʻzlariga koʻra, bundan buyon X platformasidagi (sobiq Twitter) postlar “tvit” emas, balki “iks” deb nomlanadi.

Ijtimoiy tarmoq nomi yangi konsepsiya tufayli oʻzgartirildi: ilgari bu 140 belgidan iborat qisqa xabarlar edi, endi esa istalgan hajmdagi xabar va videoni yuklash mumkin. Bu esa qushcha logotipi, Twitter nomi va “tvit” atamasini mantiqsiz qiladi.

Mask tez orada ijtimoiy tarmoqqa murakkab kommunikatsiyalar va “barcha moliyaviy operatsiyalardan foydalanish imkoniyatini” joriy qilishni vaʼda etmoqda. Shuningdek, u kelajakda hamma narsa uchun moʻljallangan X deb nomlanuvchi qandaydir ilovani ham taqdim qilmoqchi.

Twitter rebrendingi haqida 24-iyul kuni xabar berildi. Ijtimoiy tarmoq X deb nomlana boshladi. Platforma logotipi ham oʻzgardi: unda koʻk qushcha oʻrniga X harfi tasvirlangan.

Mask Twitter platformasini 2022-yil oktyabr oyida sotib oldi. Bitim 44 milliard dollarni tashkil etdi. Mask koʻp oʻtmay rahbariyatni oʻzgartirdi va xodimlarning deyarli yarmini ishdan boʻshatdi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqdagi kontentni monetizatsiya qilish boshlanganini eʼlon qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//