“Tashabbusli budjet” bo‘yicha navbatdagi mavsum uchun ovoz berish boshlandi

Saqlash
14:08 / 28.08.2023 962 0

27-avgustdan “Tashabbusli budjet”ning 2023-yil ikkinchi mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi.

 

“Ochiq budjet” portali orqali kiritilgan takliflarga quyidagi tartibda ovoz beriladi:

 

  • Openbudget.uz saytiga kiriladi;
  • “Tashabbusli budjet” bo‘limi tanlanadi;
  • “Ovoz berish” tugmasi bosiladi;
  • Mavjud takliflardan bittasi tanlanib, ustiga bosiladi;
  • “SMS orqali” tugmasi tanlanadi;
  • Telefon raqam kiritilib, matematik amal bajariladi;
  • “SMS kodni yuborish” tugmasi bosiladi;
  • mobil telefonga kelgan SMS kod kiritilib, yana “SMS kodni yuborish” tugmasi bosiladi.

 

Ovoz berish jarayonlari 16-sentabrgacha davom etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//