“Tashabbusli byudjet” doirasida majburiy ovoz toʻplash holatlari haqida xabar berish soʻralmoqda

Saqlash
16:08 / 30.08.2023 2316 0

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli byudjet” jarayonlari doirasida majburiy ovoz berish holatlariga duch kelgan fuqarolarni bu haqda xabar berishni soʻramoqda.

 

Vazirlikka koʻra, ayrim hududlarda byudjet tashkilotlari xodimlarini majburiy tarzda ovoz berishga jalb etish holatlari kuzatilayotgani yuzasidan eʼtirozlar kelib tushmoqda.

 

Vazirlik 2023-yil 10-apreldagi prezident qaroriga koʻra, ovoz yigʻishga majburlash majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanishini eslatib oʻtdi. Bundan tashqari, majburiy ovoz toʻplash holatlari yuzasidan kelib tushgan barcha murojaatlar huquqiy baho berish uchun vakolatli organlarga taqdim etilayotganini bildirdi.

 

“Hurmatli fuqarolar, agar siz ham “Tashabbusli byudjet” jarayonlari doirasida majburiy ovoz berish holatlariga duch kelsangiz, bu haqda zudlik bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligining ishonch raqamlariga yoki “Ochiq byudjet” axborot portalining onlayn murojaat boʻlimiga xabar berishingizni soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.

 

“Ochiq byudjet” axborot portalining onlayn murojaat boʻlimi — Onlayn murojaatnomalar.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligining ishonch raqamlari:

 

  • +99871 2035141; +99871 2035050 (ichki raqam — 01115);
  • +99871 2031993 (ichki raqamlar — 01116, 01117).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//