Prezident kapital bozorini rivojlantirishga oid qarorni imzoladi

Saqlash
12:09 / 04.09.2023 1187 0

“Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra:

“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat unitar korxonasi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJga oʻzgartiriladi va uning ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketi Markaziy bankka oʻtkaziladi;

“Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ taʼsischiligida “Milliy kliring markazi” AJ tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan davlat va korporativ qimmatli qogʻozlarning yagona hisobi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJda yuritiladi

2028-yil 31-dekabrgacha “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ, “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ va “Toshkent” respublika fond birjasi” AJ mablagʻlarni maqsadli ravishda ularni rivojlantirishga yoʻnaltirgan holda dividendlarni hisoblash va toʻlashdan ozod qilinadi.

Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy qilinadi.

2023-yil 1-oktyabrdan:

davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalarning aksiyalari fond bozorida ommaviy taklif qilish orqali joylashtirilgandan soʻng kamida 7 yil davomida mazkur korxonalar sof foydasining kamida 30 foizi dividend toʻlashga yoʻnaltiriladi;

davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi anderrayterlarning xizmat haqi qimmatli qogʻozlar rejalashtirilganga nisbatan qimmatroq va (yoki) koʻproq joylashtirilganligi natijasida shartnomada kelishilgan miqdordan oshgan hollarda, shartnoma boshlangʻich narxini 10 foizdan ortiqqa oshirmaslik toʻgʻrisidagi cheklov bekor qilinadi.

Qimmatli qogʻozlar fond birjasi listingiga kiritilmagan aksiyadorlik jamiyatlarining rasmiy veb-sayti boʻlishi haqidagi majburiy talab bekor qilinadi, bundan davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari mustasno.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//