Turkiyadagi otishmada oʻzbekistonlik fuqaro halok boʻldi

Saqlash
09:09 / 07.09.2023 1014 0

Turkiyaning Istanbul shahrida qurolli otishma oqibatida oʻzbekistonlik fuqaro halok boʻldi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi axborot xizmati xabar berdi.

 

Unga koʻra, 2-sentyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida ikki jinoiy guruh oʻrtasida qurolli otishma sodir boʻlgan. Bu vaqtda voqea joyiga yaqin yerda mehnat faoliyatini olib borayotgan 46 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi asli samarqandlik N.Z. ham ogʻir yaralangan va shifoxonaga olib ketilgan. 

 

Koʻrsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan N.Z vafot etgan. Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlab, ularga nisbatan tergov harakatlarini boshlagan.

 

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tezkor ravishda fuqaroning jasadini Istanbul aeroportidan Samarqand viloyatiga yuborish uchun uning yaqinlariga amaliy yordam koʻrsatdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//