Qorabogʻ toʻliq Ozarboyjon tasarrufiga oʻtdi

Saqlash
15:09 / 20.09.2023 1740 0

Armaniston Ozarboyjon talablarini qabul qilib, hududdan oʻz qoʻshinlarini olib chiqishga rozi boʻldi.

Qorabogʻ mudofaa armiyasi toʻliq qurolsizlantiriladi, qurol-yarogʻ va ogʻir texnika hududdan olib tashlanadi, deb xabar bermoqda tan olinmagan respublikaning axborot shtab-kvartirasi.

Armaniston armiyasi boʻlinmalari Rossiya tinchlikparvar kontingenti joylashtirilgan hududdan ham chiqib ketadi.

Qayd etish kerak, 19-sentabr kuni Ozarbayjon Qorabogʻda “aksilterror harakatlari”ni boshladi. Maʼlumotlarga koʻra, “aksilterror” operatsiyasi natijasida Qorabogʻda 27 kishi halok boʻlgan.

Tan olinmagan “Togʻli Qorabogʻ hukumati” Ozarboyjon yurisdiksiyasiga oʻtganini eʼlon qildi. Mavjud harbiy tuzilmalar qurolsizlantiriladi.

21-sentabr kuni Yevlax shahrida Togʻli Qorabogʻning arman aholisi vakillari va Ozarbayjon hukumati vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//