Bu yil uzum arzon...mi?

Saqlash
11:08 / 13.08.2021 1655 0

     Xalq tabobatida bemorlarni tabiiy davolash usuli alohida ahamiyatli. Odamlar meva va sabzavotlar orqali nafaqat mavjud kasalliklarni davolashi, balki ayrim hastaliklarning oldini olishga ham muyassar bo‘ladilar. Ana shunday shifobaxsh mevalardan biri bu – uzum. Shifokorlarning ta’kidlashicha, uzum buyrakdagi tuzni yuvadi, jigarni tozalaydi, asab tolalarining quvvatsizligini davolaydi, shuningdek, qon bosimini tushirish uchun ham keng foydalaniladi.

    “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingani ham bejiz emas. Boisi uzum nafaqat salomatlikka, balki oila va jamiyat iqtisodiga ham koni foyda.

    Bu yil aksariyat meva va sabzavotlar narxi keskin o‘zgargani sir emas. Uzumchilik mavsumi boshlangani bois ushbu mevaning savdosi xususida tadbirkor-fermer fikrlariga quloq tutdik. Shu ma’noda, Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Do‘lana qishlog‘ida joylashgan “Do‘lanalik bog‘bon mevasi” fermer xo‘jaligi bilan yaqindan tanishar ekansiz, bu yerda tabiiy sharoitlarda yetishtirilgan uzumlarni ta’tib ko‘rish, mayizxonada esa quritilgan uzum maxsulotlarini mazasiga baho berishingiz mumkin. 2007-yil tashkil topgan ushbu fermer xo‘jaligi bugungi kunda uzum maxsulotlarini ko‘plab xorijiy davlatlarga eksport qiladi.

    — Qo‘l ostimda 12 ta ishchim bor, birgalikda besh xil nav: “nimrang uzum”, “Andijon qora”, “husayni”, “rizomat uzumi”, “sug‘diyona kishmishi” yetishtiriladi, — Habibullo Nazarov, “Do‘lanalik bog‘bon mevasi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i. — Rossiya, Qozog‘iston, Yaponiya davlatlari eksportchilariga, sug‘diyona navli urug‘siz kishmish mayizlarini esa Koreya eksportchilariga yetkazamiz. Albatta, maxsulotlarimizdan Andijondagi ichki bozorlarga ham chiqaramiz. Uzumlar naviga qarab, ulgurji 5 mingdan 8 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda baholanadi. Bu mevalarning pishish davri iyul oyidan boshlab oktyabrgacha davom etadi. Mana shu davrda nafaqat mahalliy tadbirkorlar, balki xorijlik mehmonlar ham kelib, fermer xo‘jaligimiz bilan yaqindan tanishadi va qiziqish bildiradi, hamkorlik o‘rnatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//