AQSHda namoyishchilar Kongress binolaridan biriga bostirib kirdi

Saqlash
10:10 / 19.10.2023 993 1

Falastin tarafdori boʻlgan namoyishchilar AQSH Kapitoliy majmuasining kirish eshigi boʻlgan “Cannon Rotunda” binosini egallab olishdi.

Qayd etilishicha, bir necha kishi hibsga olingan va bino atrofida “hozir oʻt ochishni toʻxtatish” haqidagi shiorlar eshitiladi.

Keyinroq AQSH Kongressi Vakillar palatasining vaqtinchalik spikeri Patrik Makgenri namoyishchilar oldiga chiqqan. Olomon qarshisida u Rotundaga Isroil bayrogʻini osib qoʻygan.

Fox 13 nashrining yozishicha, miting tashkilotchilariga koʻra, Kapitoliy yaqinida kamida 10 ming kishi bor, yana 500 nafari Cannon binosiga kirishga muvaffaq boʻlgan. Namoyishchilar Yaqin Sharqda oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirmoqda va “Isroil hukumati tomonidan falastinliklarga nisbatan davom etayotgan etnik tozalash”ni toʻxtatishni talab qilmoqda.

Falastin uchun namoyishni “Tinchlik uchun yahudiy ovozi” tashkiloti oʻtkazgani aytilmoqda. Uning aʼzolari oʻzlarini antisionist-yahudiylar deb ataydi.

Eslatib oʻtamiz, 17-oktyabr kuni Gʻazo sektoridagi “Al-Ahli” baptistlar kasalxonasiga zarba berildi. Kamida 800 kishi halok boʻldi. HAMAS hujumda Isroilni, Isroil esa “Islomiy jihod”ni aybladi.

Dunyo hamjamiyati ushbu hujumni “dahshatli harbiy qirgʻin” va “insoniyat uchun sharmandalik” deb baholamoqda.

Oʻzbekiston ham “bu dahshatli zoʻravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qoʻpol buzilishi deb hisoblaymiz”, deb bayonot berdi.

1 Izoh

Siddiqov Ne'mat

14:10 / 19.10.2023

Faqat bayonaot emas balki sanksiya va Isroil tarfdorlari bolgan davlatga nisbatan sanksiya bildirilishini talab qilish kerak . Siyosiy jihatdan ham Falastinni qollab turish kerak. O'zbekiston va ko'plab musulmonlar harbiy kuch jonatmasada shu yolni tutish kerak.

Izoh qoldirish

//