Xodimlari eng ko‘p soliq qarzdorligiga ega davlat tashkilotlari ma’lum qilindi

Saqlash
17:10 / 20.10.2023 1903 0

O‘zbekistondagi tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha umumiy 563 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

 

Ta’kidlanishicha, jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer solig‘i soliq davri uchun 15-aprel va 15-oktyabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim. 16-oktyabrda ushbu soliqlarni to‘lash muddati tugadi. Ammo, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbayiga ega bo‘lgan ishchi-xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda.

 

Jumladan, 2023-yil 17-oktabr holatiga ko‘ra, 181,7 mingta tashkilotning 817,7 ming nafardan ortiq xodimida 960,4 mingta soliq obyekti bo‘yicha 563,1 milliard so‘m (mol-mulk solig‘i bo‘yicha 209,1 milliard so‘m va yer solig‘i bo‘yicha 354 milliard so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

 

Shundan:

133,2 milliard so‘m — budjet tashkilotlari xodimlari;

 

24,8 milliard so‘m — nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;

 

405,1 milliard so‘m — tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

 

Xodimlarida soliq qarzi ko‘p bo‘lgan tashkilotlar Top-3 ligidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (3,4 milliard so‘m), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (3 milliard so‘m), “Hududgazta’minot” AJ (2,8 milliard so‘m) egallagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//