Toshkent viloyatidagi avtobus va mikroavtobuslarda yoʻlkira narxi oshdi

Saqlash
15:01 / 03.01.2024 1170 0

Toshkent viloyatida yoʻlovchilarni tashish xizmatlari boʻyicha yangi tariflar belgilandi. Bu viloyat hokimining 29-dekabrdagi qarorida koʻzda tutilgan.

 

Unga koʻra, yoʻlkira narxlari avtobuslarda bir nafar yoʻlovchi uchun 1500 soʻm (ilgari 1000 soʻm edi), yoʻnalishli taksi (mikroavtobus)larda 2000 soʻm (1500 soʻm edi) etib belgilandi.

 

Bunday qaror shahar yoʻnalishida qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari xarajatlarining, jumladan, yoqilgʻi-moylash materiallari, ehtiyot qismlarning qimmatlashgani, korxonalarning moliyaviy jihatdan zarar koʻrmasligining oldini olish munosabati bilan qabul qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//