Ayrim ijtimoiy toʻlovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga oʻtkazildi (roʻyxat)

Saqlash
11:01 / 04.01.2024 1046 0

Oʻzbekiston Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi ijtimoiy toʻlovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga oʻtkazildi:

 

Yoshga oid nafaqa;

Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi;

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakiliga nafaqa;

Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta);

1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa;

Kam taʼminlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi;

Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam;

Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“Suyunchi puli”);

Dafn qilish uchun nafaqa (“Dafn puli”).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//