Dekabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi ko‘paydi

Saqlash
10:01 / 08.01.2024 1248 0

 

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari dekabr oyida 1,6 milliard dollarga oshib, 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 34 milliard 564,7 million dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida aytib o‘tilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, respublika oltin zaxirasi 907 million dollarga oshib, 24 milliard 632,2 million dollarni tashkil etmoqda. Qimmatbaho metallning hajmi ham 0,3 million troy unsiyaga (9,3 tonna) oshib, 11,9 million troy unsiyasini (taxminan 379,13 tonna) qayd etmoqda.

 

Zaxiralar ketma-ket olti oy davomida kamaygan edi — 2023-yil mayda rasmiy zaxira aktivlari 837,9 million dollarga, iyunda — 649 million dollar, iyulda —71,8 million dollar, avgustda — 958 million dollar, sentyabrda esa 1 milliard 650 million dollarga kamaygandi. Oktyabr oyida esa oltin-valyuta zaxiralari aprel oyidan buyon ilk bor oshgandi. Noyabr oyida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 8 million dollarga kamayib, 2023-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, 32 milliard 896,5 million dollarni tashkil etgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//