2023-yili byudjetdan bir trillion soʻmdan ko‘proq noqonuniy xarajat qilingani aniqlangan

Saqlash
12:01 / 16.01.2024 1179 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.

 

Yig‘ilishda aytilishicha, masalan, Jizzax politexnika institutida haqiqatda ishlamagan 110 nafar fuqaroga, qariyb 10 milliard soʻm ish haqi hisoblab, noqonuniy oʻzlashtirilgan.

 

Yoki, Namangan, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari “Yagona buyurtmachi xizmati” kompaniyalari 18 ta obyektda amalda bajarilmagan 50 milliard soʻmlik ishlarni hisobotlarga qoʻshib yozgan.

 

Sergeli obodonlashtirish boshqarmasida aslida ishlamagan xodimlarga 4,3 milliard soʻm toʻlangan.Qoʻshrabot taʼlim boʻlimi buxgalteri tomonidan 3 milliard soʻm naqd pul va 1,5 milliard soʻm mablagʻ plastik karta orqali noqonuniy oʻzlashtirilgan.

 

“Oʻzgidromet” rahbariyati byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan asossiz 1,3 milliard soʻm ssuda olgan, shuningdek, oʻzlariga bir necha karra koʻp mukofotlar yozib kelgan.

 

Ta’kidlanishicha, endilikda davlat tashkilotlari rahbarlari oʻzlariga asossiz ravishda mukofotlar va boshqa moddiy ragʻbatlantirish pullarini yozib kelayotgani bilan bogʻliq holatlar tekshiriladi va mablagʻlarning byudjetga qaytarilishi taʼminlanadi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//