VI Toshkent xalqaro marafonida 32 davlat vakillari qatnashadi

Saqlash
10:02 / 09.02.2024 922 1

Joriy yilning 21-aprel kuni boʻlib oʻtadigan VI Toshkent xalqaro marafoni yirik ommaviy sport tadbirlaridan biri hisoblanadi.

 

U mamlakatimizda tashkil etiladigan yagona World Athletics Label darajasidagi tadbir boʻlib, bu safar ishtirokchi davlatlar geografiyasi kengayadi, yaʼni 32 mamlakatdan mohir yuguruvchilar bahs olib borishi kutilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, poygalar marafon (42 km, 195 metr), yarim marafon (21 km), shuningdek, 3 va 10 km masofalarga yugurish yoʻnalishlarida oʻtkaziladi.

 

Shu bilan birga, tadbir doirasida bolalar uchun “Kids Run” va skandinavcha yurish boʻyicha bellashuvlar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Bu yil sovrin jamgʻarmasi 720 million soʻmni tashkil qiladi.

1 Izoh

Fotima

21:02 / 09.02.2024

assalomu alaykum marafon qayerda boʻlib oʻtadi

Izoh qoldirish

//