Badiiy film, spektakl, tanlov, xalqaro konferensiya – Prezident shoir Maxtumquli tavalludining 300 yilligini keng nishonlashga doir qarorni imzoladi

Saqlash
10:02 / 20.02.2024 910 0

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

 

Qarorga koʻra:

 

Maxtumquli Firogʻiyning “Tanlangan asarlar”i hamda uning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan ilmiy maqolalar toʻplamini nashrga tayyorlash va chop etish;

 

davlat buyurtmasi asosida Oʻzbekiston va Turkmaniston kino ustalari hamkorligida Maxtumquli Firogʻiyga bagʻishlangan badiiy film yaratish;

 

shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida spektakl sahnalashtirish;

 

yosh xonandalar oʻrtasida “Maxtumquli sheʼrlari bilan aytiladigan eng yaxshi qoʻshiqlar ijrochisi” respublika tanlovini oʻtkazish;

 

Badiiy akademiyaning markaziy koʻrgazmalar zalida oʻzbek va turkman xalqlarining doʻstlik va qardoshlik aloqalarini tarannum etuvchi tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmasini tashkil etish;

 

Xiva shahrida Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Maxtumquli ijodining oʻzbek adabiyoti va sanʼatida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazish;

 

mamlakatimizdagi oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari hamda mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish;

 

2024-yil oktyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida Maxtumquli Firogʻiy xotirasiga bagʻishlangan ijodiy kecha oʻtkazish tadbirlari koʻzda tutilmoqda.

 

Maʼlumot uchun: bu yil nufuzli xalqaro tashkilot – UNESCO rahnamoligida Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yillik qutlugʻ yubiley sanasi dunyo miqyosida keng nishonlanmoqda.

 

Maxtumqulining oʻz davrida Xivadagi mashhur Shergʻozixon madrasasida tahsil olgan, Alisher Navoiydek buyuk soʻz sanʼatkorini oʻziga ustoz deb bilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//