Endi piyodalarga yoʻl bermagan haydovchilarga ham radardan jarima chiqishi mumkin

Saqlash
18:02 / 21.02.2024 1024 0

Shu va boshqa chora-tadbirlarni oʻzida jamlagan Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Qaror loyihasi bilan yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtishi joylarida hamda yoʻl-transport hodisalar oʻchoqlarida maxsus foto-video qayd etish vositalari (radarlar)ni oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi belgilanmoqda.

 

Bunda oʻrnatilgan texnik vositalar piyodalarni oʻtkazmaslik hamda fuqarolarning yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtish kabi qoidabuzarliklarni aniqlashda yordam beradi.

 

Bunday qurilmalar bir qancha talablarni bajaradi. Jumladan:

 

– bir vaqtning oʻzida uch va undan ortiq yoʻl boʻlaklari hamda chorrahalarda harakatlanayotgan transport vositalarining davlat raqami belgisini aniqlaydi;

 

– yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtayotgan fuqarolarning shaxsini aniqlaydi

 

– oʻrnatilgan nuqtadan sutkaning kunduzgi va tungi vaqtlarida oʻtuvchi kamida 95 foiz transport vositalarining davlat raqami belgisini aniqlaydi;

 

– chorrahalarda hamda uch va undan ortiq yoʻl boʻlaklarida bir vaqtning oʻzida sodir boʻladigan qoidabuzarliklarni aniqlashi mumkin;

 

– avtomototransport vositalari davlat raqami belgilarining hududiy kodlari taqsimoti boʻyicha va xorijiy davlatlarga tegishli avtomototransport vositalarning davlat raqami belgilarini aniqlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//