Amerikaning mashhur televiktorina oʻyinida final savol Oʻzbekistondan tushdi

Saqlash
13:03 / 31.03.2024 1886 1

“Jeorpady!”(“Tavakkal qil!”) mashhur televiktorina oʻyinidir. U AQShda eng koʻp koʻriladigan koʻrsatuvlardan biri hisoblanadi.

 

Viktorina bir nechta turdan iborat boʻlib, ishtirokchilar har bitta toʻgʻri javob uchun pul mukofotlarini jamgʻarib boradi.

 

Oʻyinda 3 nafar qatnashchi ishtirok etadi. Ular berilgan savollar orqali saralanadi. Masalan, bir guruhda gʻolib boʻlganlar boshqa guruhda gʻolib boʻlganlar bilan bellashadi. Shu tarzda yarim final, finalgacha musobaqa davom etaveradi. Bir mavsum shu tarzda yakunlanadi.

 

29-mart sanasida, yarim final bahsi uchun saralash ketayotgan davrada, yakuniy savol Oʻzbekistondan tushdi.

 

Qatnashchilar 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanishi natijasida ajralib chiqqan 15 ta davlat ichida qaysi birining nomi alifbo tartibida eng oxirgi oʻrinda turishini topishi kerak edi.

 

Ben savolga toʻgʻri javob bergan va 1 800 dollardan koʻproq pulni yutib olgan, ammo ikkinchi boʻlib oʻyinni yakunlagan. Dhruv ismli ishtirokchi esa Ukraina deb javob bergan. Viktoriya ham “Oʻzbekistan” deb javob bergan va 6000 dollar yutib olgan. Shuningdek, u keyingi davra, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

 

Maʼlumot uchun, nafaqat ajralib chiqqan 15 ta davlat, balki dunyo boʻyicha ham nomi ingliz alifbosidagi “U” harfi bilan boshlanadigan davlatlar ichida Oʻzbekistan oxirgi oʻrinda turadi. Jumladan, jahoda inglizcha “U” harfi bilan boshlanadigan 7 ta davlat bor va ular quyidagilar — Uganda, Ukraine, United Arab Emirates, United Kingdom, United States of America, Uruguay, Uzbekistan.

1 Izoh

Quvonchbek

16:04 / 09.04.2024

Ukraina to'g'ri emasmi

Izoh qoldirish

//