Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi

Saqlash
10:05 / 08.05.2024 1197 0

Shavkat Mirziyoyev 8–9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida boʻladi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

 

Maʼlum boʻlishicha, mamlakatimiz yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida qatnashadi.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 79 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ham ishtirok etadi.

 

“Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//