Imkoniyati cheklangan farzandlarning onalari 5 yil oldin pensiyaga chiqariladi

Saqlash
12:05 / 24.05.2024 1642 0

Nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari umumiy belgilangan pensiya yoshi (55 yosh)dan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqiga ega.

 

Mazkur imtiyoz “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi 3-bandida belgilab qoʻyilgan.

 

Jumladan, ushbu bandda bunday deyiladi:

 

“Bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari ularni 8 yoshgacha tarbiyalagan boʻlsa va ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda 5 yil oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega”.

 

Sharhlanadigan boʻlsa, bunday holatda ayollar umumiy belgilangan 55 yoshdan emas, boshqalarga qaraganda imtiyozliroq yaʼni, 50 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//