Oʻzbekistonda 11-sinfni bitirgan oʻquvchilar soni maʼlum qilindi

Saqlash
08:05 / 27.05.2024 756 0

Oʻzbekistonda 414 mingdan ortiq 11-sinf oʻquvchilari maktabni tamomladi.

 

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, umumtaʼlim muassasalarida 2023/2024-oʻquv yili boshida 11-sinflarda respublika boʻyicha jami 414,6 ming nafar oʻquvchi qayd etilgan.

 

Shundan:

 

qiz bolalar — 223,1 ming nafar;

oʻgʻil bolalar — 191,5 ming nafar.

Hududlar kesimda 11-sinf bitiruvchilari soni va unda qizlar va oʻgʻil bolalar ulushi quyidagicha (ming nafar):

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 23,1| 12,6 |10,5

Andijon viloyati — 34,7 | 19,0 | 15,7

Buxoro viloyati — 22,9 | 12,3 | 10,6

Jizzax viloyati — 17,7 | 9,5 | 8,2

Qashqadaryo viloyati — 44,2 | 24,0 |20,2

Navoiy viloyati — 12,2 | 6,7 | 5,5

Namangan viloyati — 30,0 | 16,9 | 13,1

Samarqand viloyati — 49,1 | 26,5 | 22,6

Surxondaryo viloyati — 34,1 | 18,1 |16,0

Sirdaryo viloyati — 10,3 | 5,5 | 4,8

Toshkent viloyati — 31,0 | 16,4 | 14,6

Fargʻona viloyati — 43,4 | 24,2 | 19,2

Xorazm viloyati — 25,7 | 13,8 | 11,9

 

Toshkent shahrida 2023/2024-oʻquv yilida umumtaʼlim muassasalari 11-sinfida oʻqigan oʻquvchilar soni 36,2 nafarni tashkil etgan boʻlib, shundan 17,6 ming nafari qizlar, 18,6 ming nafari oʻgʻil bolalar boʻlgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//