Bu yil maktabni aʼlo baholarga bitirgan oʻquvchilarning qariyb teng yarmiga oltin medal beriladi

Saqlash
10:05 / 27.05.2024 736 0

2023/2024-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 25 ming 259 nafar oʻquvchiga aʼlo darajali shahodatnoma berilgan.

 

Xabarga koʻra, shundan 14 ming 778 nafar iqtidorli bitiruvchi oltin va kumush medallar bilan taqdirlanadi.

 

Taqsimlanganda, oʻquvchilarning 12 620 nafariga oltin, 2158 nafariga esa kumush medal beriladi.

 

Oldinroq Oʻzbekistonda 11-sinfni bitirgan oʻquvchilar soni maʼlum qilingan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//