Noqonuniy baliq ovlaganlar zarar uchun 1 mlrd soʻmdan ortiq jarima toʻlaydigan boʻldi

Saqlash
12:05 / 27.05.2024 719 0

Navoiyda noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 1 milliarddan ortiq zarar yetkazildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, Konimex tumanining “Shoʻrkoʻl” MFY hududida fuqaro Y.O. tomonidan 5000 metrlik sintetik toʻr yordamida tabiiy suv havzasidan 218 bosh baliq noqonuniy ovlangan. Natijada tabiatga 1 mlrd 240 mln 300 ming soʻm zarar yetkazilgan.

 

“Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Yetkazilgan zararni undirish va tegishli chora koʻrish maqsadida toʻplangan hujjatlar sud organlariga yuborilmoqda”, deyiladi xabarda.

 

Taʼkidlash lozim, Qonunda 10-martdan boshlab respublikamizning barcha hududlaridagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash taqiqlanadi.

 

Shu hisobda, baliqlarning urugʻ qoʻyish mavsumi davomida Amudaryo va Sirdaryo suv havzalarida 10-martdan 31-mayga qadar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati suv havzalarida 25-apreldan 10-iyunga qadar va boshqa barcha suv havzalarida 16-apreldan 31-mayga qadar baliq ovlash mumkin emas.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//