OTMlarda taqdim qilinadigan grant 2 xil boʻladi

Saqlash
17:05 / 27.05.2024 992 0

Oliy taʼlim muassasalarida talabalarga grant 2 xil koʻrinishda taqsimlanadi, yaʼni 100 foizlik va 50 foizlik.

 

Shu hisobda, talaba birinchi kursni tugatgach, bir yillik oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab unga grant taqdim qilinadi.

 

Aytaylik, bir guruhga 50 nafar talaba grant asosida qabul qilindi. Guruhning jami talabalari soni 200 nafar. Shunda ularga ajratiladigan grantning 50 foizi 100 foizlik, qolgan yarmi esa 50 foizlik grant boʻladi. Shunda jami 50 ta grantning 25 tasiga 100 foizlik, qolgan 25 tasi esa 50 foizlik grant beriladi.

 

Biroq har ikkala grantni yutib olish uchun ham kontraktda oʻqiyotgan talaba darslarni yaxshi oʻzlashtirishi kerak.

 

“Bizda GPA – oʻzlashtirish koʻrsatkichi uchdan beshgacha hisoblanadi. Shu GPA koʻrsatkichi eng yuqori boʻlganlarga 100 foizlik grant, pastroq boʻlganlarga esa 50 foizlik grant beriladi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//