Endi har oy mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlari oʻtkaziladi

Saqlash
17:05 / 28.05.2024 919 0

Aholi muammolarini oʻrganish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlari oʻtkaziladi, deya xabar berdi Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva.

 

Xabarga koʻra, olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlari koʻrsatib boriladi.

 

Bundan tashqari, uyma-uy yurish va “Huquqiy koʻmak” aksiyalarini oʻtkazish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi huquqiy muammolarini bartaraf etish boʻyicha qonunchilikka takliflar ishlab chiqiladi.

 

“Online-mahalla” platformasi orqali esa huquqiy masalalarga oid muammolar hal etiladi.

 

Aholiga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatilishi taʼminlanadi va ularga huquqiy tushuntirishlar beriladi.

 

Shuningdek, yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida xabardor qilinadi.

 

Tuman (shahar) tashkilotlari hamda mahalla idoralariga ham yagona huquqni qoʻllash amaliyoti boʻyicha metodik yordam koʻrsatib borish yoʻlga qoʻyiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//