Captiva haydovchisi qasddan odamlarni bosib ketmoqchi boʻldi

Saqlash
09:05 / 30.05.2024 568 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida Captiva rusumli avtomashina haydovchisi futbol maydonchasida odamlarni qasddan bosib ketmoqchi boʻlayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi.

 

Maʼlum boʻlishicha, voqea kecha, 29-may kuni, soat 18:00 larda sodir boʻlgan.

 

Holat boʻyicha Sirdaryo viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi:

 

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Captiva rusumli avtomashina haydovchisi tomonidan sodir etilgan holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan oʻrganilib, mazkur avtomashina haydovchisiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tegishli tartibda qamoqqa olingan, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”.

 

Videoga koʻra, avtomobil haydovchisi yigʻilganlardan birini urib ham yuborgan, ammo voqea natijasida jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//