Noqonuniy sotilayotgan toshbaqalar tabiatga qoʻyib yuborildi

Saqlash
14:05 / 31.05.2024 1543 0

Qizil kitobga kiritilgan 30 ta Oʻrta Osiyo choʻl toshbaqalari tabiatga qoʻyib yuborildi.

 

Samarqand shahar Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan Choʻpon ota massivi hududida oʻtkazgan reyd tadbirida nomaʼlum shaxslar tomonidan 30 bosh Oʻrta Osiyo toshbaqa bolalari noqonuniy sotilayotganligi aniqlangan.

 

Toshbaqalarni sotmoqchi boʻlganlar voqea joyidan qochib ketgan.

 

Jonivorlarning salomatligini oʻrganish uchun Zarafshon milliy tabiat bogʻi reabilitatsiya markaziga oʻtkazilgan.

 

“Sudralib yuruvchilar tabiatga qoʻyib yuborildi. Shuningdek, huquqbuzarlarni aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot uchun, Markaziy Osiyo toshbaqasi TMXI Qizil roʻyxati va Oʻzbekiston Qizil kitobiga zaif va kamayib borayotgan tur maqomida kiritilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//