Kelin MIB yordamida qaynonasining uyidan seplarini qaytarib oldi

Saqlash
17:05 / 31.05.2024 1803 0

Kitoblik kelinning seplari turmush oʻrtogʻining uyidan olib berildi

 

Maʼlum boʻlishicha, Kitob tumanida yashovchi F.F. sobiq turmush oʻrtogʻi Sh.X.ning xonadonidan kelinlik sepini olib keta olmagani uchun Fuqarolik ishlari boʻyicha Shahrisabz tumanlararo sudiga murojaat qilgan.

 

Natijada, sudning 17-apreldagi ijro varaqasiga asosan javobgardan jami 16 turdagi mol-mulklarini olib berish belgilangan.

 

Mazkur ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosi Shahrisabz tuman boʻlimi xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida kelinning barcha buyumlari, uy jihozlari va anjomlari toʻliqligicha kelinga olib berilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//