Kirish imtihonida qatnashishda kimlar toʻlov qilmaydi?

Saqlash
11:06 / 03.06.2024 719 0

Kirish imtihonida qatnashishda quyidagi shaxslar toʻlov qilmaslik imtiyoziga ega:

◻️ oʻqishni test oʻtkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;

◻️ nogironligi boʻlgan shaxslar;

◻️ mehribonlik uylari bolalari;

◻️ bolalar shaharchasining bitiruvchilari;

◻️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

◻️ “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turuvchi yoshlar.

 

Maʼlumot uchun, bu yil kirish imtihoni uchun toʻlov miqdori 170 ming soʻm etib belgilangan.

 

Jumladan, Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, oʻrta taʼlimni tugatganiga kamida bir yil boʻlgan abituriyentlaridan kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlov undirilishi belgilangan.

 

Oldinroq bu yil OTMlarga hujjat topshirish 5-iyundan boshlanishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//