Ashxobod bogʻi yaqinida ona-bolani poyezd bosib ketgani haqidagi xabar rad etildi

Saqlash
12:06 / 03.06.2024 677 0

Ijtimoiy tarmoqlarda bogʻ yaqinidan oʻtuvchi temir yoʻl kesishmasida ona-bolani poyezd bosib ketgani haqida xabar tarqaldi.

 

“Sizga shuni maʼlum qilamizki, bu maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi!” – deyiladi “Oʻzbekiston temir yoʻllar” AJ izohida.

 

Rasmiy maʼlumotga koʻra, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 1-iyun – Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan mazkur bogʻ hududida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

 

Xususan, Ashxobod bogʻi yaqinida, Salar – Toshkent stansiya oraligʻida masʼul xodimlar joylashtirilgan.

 

Shuningdek, yoʻnalishda harakatlanayotgan barcha yuk va yoʻlovchi poyezdlari mashinistlari ogohlantirilib, ularga alohida koʻrsatmalar ham berilgan. Maʼlum vaqt oraligʻida oʻtuvchi yuk poyezdlari boshqa yoʻnalishga yoʻnaltirilgan.

 

Oldinroq “Ashxobod” koʻngil ochar bogʻi rahbarlari 15 sutka bilan jazolangani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//