Reklama sabab bloger Moʻmin Ibrohimov Ekologiya boʻlimiga chaqirtirildi

Saqlash
15:06 / 06.06.2024 558 0

“Moʻminlive” nomi bilan faoliyat yuritadigan Abdurasul (Moʻmin) Ibrohimov “Yangi Oʻzbekiston” bogʻining suv havzasiga plastmassa oʻrdak oʻyinchoqlari tushirilishi boʻyicha olingan reklama videosi uchun 4-iyun kuni Ekologiya boʻlimiga chaqirtirilgan.

 

 

Maʼlum boʻlishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan bu video keng jamoatchilikning eʼtiborini tortgan.

 

 

Shu sababli “Moʻminlive” jamoasi aʼzosi Ekologiya boʻlimiga chaqirtirilgan va bunday nomaqbul ishlarni qilmasligi yuzasidan tegishli tushuntirish berilgan.

 

Oldinroq “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida tepadan 10 mingta plastik oʻrdakcha tushirilishi boʻyicha rasmiy munosabat bildirilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//