Tez fursatda boy boʻlmoqchi boʻlgan yigitcha aldanib qoldi

Saqlash
11:06 / 07.06.2024 288 0

Tez fursatda pulini bir necha barobar koʻpaytirib olmoqchi boʻlgan 22 yoshli yigit firibgarga pulini oldirib qoʻydi.

 

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahrida yashovchi 22 yoshli B.A. Kiberxavfsizlik markaziga ariza bilan murojaat qilib, oʻzining bank kartasidagi 1 mln 256 ming soʻm pullari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

 

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi B.X., B.H va H.A.lar sodir etgani aniqlangan.

 

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan B.X., jabrlanuvchi B.A.ga oʻzini treyderlik faoliyati bilan shugʻullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda koʻpaytirib berishini vaʼda qilgan. Uning ishonchiga kirib, aldov yoʻli bilan 1 mln 256 ming soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazib olishga erishib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan B.X., B.H va H.A.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Maʼlumot oʻrnida, mazkur modda bandlarida 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi nazarda tutiladi.

 

Oldinroq notanish havolaga bilmay kirgan ayol katta miqdordagi pulini oʻgʻirlatib qoʻygani haqida xabar berilgan edi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//