Poytaxtda velosiped oʻgʻrisi ushlandi

Saqlash
15:06 / 07.06.2024 399 0

Toshkent shahrining turli tumanlarida velosipedlarni oʻgʻirlab, sotish bilan shugʻullanib yurgan shaxs ushlandi.

 

Oʻtkazilayotgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs qoʻlga olinib, Yakkasaroy tumani, bundan tashqari Toshkent shahrining turli tumanlarida ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etgani aniqlangan va daliliy ashyolar olingan.

 

Maʼlum boʻlishicha, gumonlanayotgan shaxs doimiy tarzda kuchli taʼsir etuvchi dorilarni isteʼmol qilib yurgan. Aynan oʻgʻrilik qilishning asosiy sababi ham ana shu dorilarga pul topish boʻlgan.

 

“Oʻgʻrilik qilayotgan paytimda kuchli taʼsir qiluvchi dorilardan foydalanganman. Oʻzim nima qilganim hali ham esimda yoʻq. Taʼsiri kuchli. Menga xumor qilgani sababli oʻgʻirlik qilib, oʻsha doridan olishim kerak edi. Velosipedlarni sotib, puliga dori olgandim. Dorini deb hamma narsaga tayyorligim uchun pushaymonman”, deydi gumonlanuvchi shaxs.

 

“Mana shuni sotishim kerak. Qozogʻistonga chiqib ketishim kerak dedi bizga. Pul zarur dedi. Biz ham unga ishondik. Lekin rasmga ham oldik”, deya voqeaga izoh beradi velosiped sotib olganlardan biri.

 

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tergov boʻlimi tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//