Samarqand davlat chet tillar institutiga yangi rahbar tayinlandi

Saqlash
16:06 / 07.06.2024 547 0

Xoliqov Bahodir Aliqulovich Samarqand davlat chet tillar instituti rektori etib tayinlandi. Tayinlov Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan amalga oshirilgan.

 

 

Xoliqov bunga qadar Vazirlar Mahkamasi Bosh vaziri kotibiyatining Davlat tilini rivojlantirish departamentida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Maʼlumot uchun, Xoliqov Bahodir 2011-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Shuningdek, Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent hisoblanadi.

 

Mehnat faoliyati davomida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti katta ilmiy xodimi, Oʻzbekiston milliy universiteti oʻqituvchisi, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, universitet Kengashi kotibi, dekan oʻrinbosari, kafedra mudiri, prorektor lavozimlarida ishlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//