Oʻzbekistonning 53 ta oliygohi nufuzli reyting tashkiloti roʻyxatiga kiritildi

Saqlash
14:06 / 12.06.2024 457 0

Kecha, 11-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti “Times Higher Education” agentligi tomonidan 2024-yil uchun “The Impact Rankings” reytingi eʼlon qilindi.

 

Mazkur roʻyxatda universitetlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (BRM) qoʻshgan hissasi tahlil qilingan.

 

Maʼlum boʻlishicha, reytingga bu yil Oʻzbekistonning 53 ta oliy taʼlim muassasasi kiritilgan boʻlib, shundan 7 tasi TOP-1000 talikdan joy olgan.

 

Bular quyidagilar:

✔️ Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 301–400-oʻrin

✔️ Toshkent davlat yuridik universiteti – 401–600-oʻrin

✔️ Oʻzbekiston milliy universiteti – 601–800-oʻrin

✔️ “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 601–800-oʻrin

✔️ Samarqand davlat universiteti – 801–1000-oʻrin

✔️ Toshkent davlat texnika universiteti – 801–1000-oʻrin

✔️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 801–1000-oʻrin

 

53 ta OTMlar ichida eng yaxshi koʻrsatgichni qayd etgan Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti gender tengligi boʻyicha dunyoda 10-oʻrinni egallagan.

 

Maʼlumot oʻrnida, ushbu reytingning 2021-yildagi roʻyxatiga Oʻzbekistondan 10 ta OTM kiritilgan edi. Shundan soʻng, yaʼni 2022-yilda 30 ta, 2023-yilda esa 47 ta oʻzbek oliy taʼlim muassasalari reytingda qayd etilgan.

 

Oldinroq Oʻzbekistondagi 2 ta OTM dunyo oliygohlari TOP-1000 taligiga kirgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//