Chilonzor tumanida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi

Saqlash
10:06 / 13.06.2024 224 0

Bugun, 13-iyun kuni soat 01:00 da Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

 

Malibu-2, Lacetti va LADA rusumli avtomashinalar ishtirokida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa natijasida Malibu-2 rusumli avtomobil haydovchisi, 1997-yilda tugʻilgan M.A. voqea joyida vafot etgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//