Shavkat Mirziyoyev KXSHT sammitida ishtirok etadi

Saqlash
12:08 / 23.08.2021 884 0

Davlatimiz rahbari bugun Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti davlat rahbarlarining video-anjuman shaklida o‘tadigan sammitida ishtirok etadi.

Bu haqda bugun, 23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Afg’onistonda vujudga kelayotgan vaziyatni hisobga olib, xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan xatarlar bo‘yicha yaqin xorijdagi hamkor mamlakatlar va mintaqadagi qo‘shnilar tomonidan bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan chuqur tanishish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti davlat rahbarlarining videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//