“Hozirgi bolalar kitob o‘qimaydi!” — O‘qishni tavsiya eta oladigan zalvorli asarlarimiz bormi?..

Saqlash
15:08 / 30.08.2021 1628 0

 

Mashxur Chex pedagoglaridan biri, bolalar darajasiga tushmaslik kerak, aksincha, ularning darajasiga chiqish kerak, degan fikrlarini eshitganmiz. Shu jihatdan qaraganda, bolalar adabiyotini yaratishda adibning oldida ancha qiyinchiliklar borligi ko‘zga tashlanadi. Balki aynan shu sabab ham bolalar adiblari kamdir ehtimol.

 Bolalar tilida so‘zlash, ularning ko‘ngliga yaqin bo‘lish uchun doim bolalarning ichida yurgan bo‘lishi kerak yozuvchi, bolalik zavqi bilan yashashi lozim.

G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Turgenev singari bolalar ijodkorlarining “men bolalar yozuvchisiman” degan da’vosi bo‘lmagan, lekin bolalarga aytadigan so‘zi bo‘lgan, gapi bo‘lgan. Misol uchun, bugungacha, hatto kattalar ham G‘.G‘ulomning “Shum bola”sini, Turgenevning “Mumu” hikoyasini, Hamid Olimjon dostonu ertaklarini hali hanuz maroq bilan o‘qiydi.

Bolalarni kitob bilan do‘stlashtirishda ota-onalar ham alohida e’tiborli bo‘lishi ham muhim jihatlardan sanaladi. Kitob o‘qigan bola yaxshilik bilan ulg‘ayadi. Sababi u tabiatga, jonivorlarga do‘st bo‘lib, eng muhimi insonlarga do‘st bo‘lib o‘sadi. Asarlarda baribir yaxshi insonlarning obrazlarini ko‘proq yaratgan bo‘lamiz, yaxshi hikoya va ertaklar esa bolalarni faqat yaxshilikka yetaklaydi.

 

Oyina.uz mutaxassislar fikrini olgan holda bu mavzuga yana qaytadi…

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//