Xivada “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” Xalqaro madaniyat forumi o‘tkaziladi

Saqlash
10:09 / 08.09.2021 945 0

 Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Madaniyat vazirligi mutasaddilari ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” Xalqaro madaniyat forumi joriy yilning 14-15 sentyabr kunlari Xiva shahrida o‘tkaziladi.

Forum doirasida bir qator tadbirlarning ham o‘tkazilishi belgilangan, xususan, Xiva shahrida TURKSOY tashkilotiga a’zo davlatlar madaniyat vazirlarining navbatdagi majlisini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Festivalda ishtirok etish uchun bugungi kunga qadar UNESCO va Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO) kabi xalqaro tashkilotlardan ijrochilar, konferensiya ishtirokchilari, hakamlar hay’ati a’zolari, Xalqaro tashkilotlardan faxriy mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Toshkent shahrida O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha butunjahon jamiyatining V xalqaro kongressi, Xiva shahrida UNESCO bilan hamkorlikda Madaniy meros masalalari bo‘yicha xalqaro xalqaro maslahat qo‘mitasi kengashining yig‘ilishi, Nukus shahrida “Arxeologiya va turizm; salohiyatni belgilash va merosni boshqarish” xalqaro arxeologiya konferensiyasi hamda II Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//